Qishloq xo‘jalik tovarlari

Wheat field

Qishloq xo‘jalik tovarlari - bu nafaqat alohida uy xo‘jaliklari uchungina emas, balki umuman olgan turli mamlakatlarning iqtisodiyotlari uchun muhim bo‘lgan elementlardan biri. Ular oziq-ovqat sanoati va chorvachilkdan tashqari muqobil yoqilg‘i turlari, qurilish va qadoqlash materiallari, plastmassalar ishlab chiqarish uchun hamda tibbiyot sanoatida tobora kengroq foydalanilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlari dinamikasiga taklif va talab balansiga ta’sir qiluvchi ko‘pgina hodisalar ta’sir qiladi. Farqqa bo‘lgan shartnomalar (CFD) tovarlarni amalda yetkazib bermasdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlaridagi tebranishlarda pul ishlab olishga imkon beradi.

 

Qishloq xo‘jaligi tovarlari bozorining o‘ziga xo xususiyatlari:

  • Talab aholi soni va umumiy farovonlik darajasining o‘sishi bilan oshib boradi, taklif esa mavsumiy va ob-havo omillariga bog‘liqdir. Bu narxlar harakatidagi tendentsiyalarni yetarli darajada ishonch bilan aniqlashga imkon beradi.
  • Qishloq xo‘jaligi tovarlari bilan savdo qilish o‘zlarining ish grafigiga ega bo‘lgan aniq birjalarga bog‘lab qo‘yilgan.
  • Qishloq xo‘jaligi tovarlari bozori - muddatli, unda aniq amal qilish muddatiga ega bo‘lgan shartnomalar bilan savdo qilinadi.
 

Bitimga misol

Makkajo‘xoriga shartnoma - o‘rta muddatli va uzoq muddatli savdo uchun treyderlarga tavsiya qilinuvchi vosita. Odatda makkajo‘xori narxlari hosil yig‘ish davridagi minimal qiymatlardan bahordagi ekish ishlari boshlanishidan oldingi maksimal qiymatlargacha o‘sadi. Vosita muhim ishlab chiqaruvchi mamlakatlar va eksporterlardagi don hosilining holati haqidagi bashoratlar va yangiliklarga faol tarzda javob qaytaradi. Vosita bo‘yicha eng katta volatillik AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining (WASDE USDA) oylik hisobotlari chiqish davrida kuzatiladi.

 

Makkajo‘xori narxlari

 

Makkajo‘xori (Corn) narxlari 100 bushel (bushel = 60 funt) uchun AQSh dollarida o‘rnatiladi.

 

O‘sish davrlarida narxning o‘rtacha oshishi oyiga +13,3% ni tashkil qiladi. Tovar 15:30 dan 19:15 GMT gacha bo‘lgan davrda eng likvidlidir. Ko‘pincha sessiya ochilishidagi gep bilan birga boruvchi maksimal volatillik ham aynan shu vaqtda qayd qilinadi.

 

Bug‘doy bilan ishlash uchun tavsiya qilinuvchi qulay kapital - o‘rta muddatli bitimlar uchun $2500 va uzoq muddatli savdo uchun $10000.