Bonus mablagʻlari va bonus hisobi
Bonus mablagʻlari nima?
Bonus mablagʻlari (bonuslar) – bu Kompaniya tomonidan Foydalanuvchiga uning alohida maqomi asosida yoki Kompaniyaning turli dasturlarida ishtirok etishi munosabati bilan taqdim etilishi mumkin boʻlgan va savdo va foyda olish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan, lekin toʻgʻridan-toʻgʻri Foydalanuvchining hisoblaridan yechib olinishi mumkin boʻlmagan mablagʻlar.
Bonus qanday olinadi?
Bonuslar Kompaniyaning turli bonus dasturlari va aksiyalarida ishtirok etganlik uchun beriladi. Ular haqidagi ma’lumotlarni Kompaniya oʻz veb-saytida joylashtiradi yoki boshqa usullar bilan ma’lum qiladi.
Menda qancha bonus mablagʻ borligini qayerda koʻrsam boʻladi?
- Libertex platformasida:
1.1 Savdo uchun mavjud bonus mablagʻlari savdo hisobingiz hamyonida koʻrsatiladi.
1.2 Bonus mablagʻlarining qoldigʻi hamyonning bonus hisobida koʻrsatiladi. - MetaTrader platformasida savdo uchun mavjud bonus mablagʻlari haqidagi ma’lumotlar “Kredit” maydonida joylashgan.
 
Hisobimda maksimal miqdorda qancha bonus mablagʻlari boʻlishi mumkin?
Bonus mablagʻlarining maksimal miqdori Libertex hisoblari uchun savdo hisobining umumiy balansining 20 foizidan yoki MetaTrader hisoblari uchun savdo hisobining umumiy balansining 30 foizidan oshmasligi kerak. Belgilangan nisbatdan ortiq boʻlgan bonus mablagʻlari hamyonning bonus hisobida saqlanadi.
Agar Mijoz oʻz savdo hisobi balansini oshirsa yoki kamaytirsa, savdo uchun mavjud boʻlgan bonus mablagʻlari qoldigʻi kun oxirida soat 21:00 GMT da avtomatik ravishda tuzatiladi. Ochiq pozitsiyalar haqiqiy va bonus mablagʻlar nisbatini hisoblashda hisobga olinmaydi.
Kompaniyaning muayyan Dasturlari doirasida bevosita MetaTrader hisoblariga oʻtkazilgan bonuslar uchun ushbu nisbatlar qoʻllanmasligi mumkin.
Bonus mablagʻlarini qanday ishlatishim mumkin?
Hisobingizdagi bonuslar marjani oshirishga xizmat qiladi. Masalan, agar sizda 100$ haqiqiy pul va 20$ bonus mablagʻi, 120$ miqdordagi savdo bitimi ochishingiz mumkin. Foyda haqiqiy pulda boʻlishini yodda tuting. Foydani yechib olishingiz yoki uni yangi savdo bitimlari uchun ishlatishingiz mumkin.
Libertex hisoblari uchun: agar savdo bitimida yoʻqotishga uchrasangiz, bu bonuslarga ham ta’sir qilishi mumkin. Avvaliga haqiqiy pullarni, keyin esa bonuslarni yoʻqotasiz.
MetaTrader 4/5 hisoblari uchun: bonus mablagʻlar realizatsiya qilinmagan yoʻqotishlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin emas, ya’ni agar Mijozning ochiq pozitsiyalari boʻyicha jami yoʻqotishlar savdo hisobidagi shaxsiy mablagʻlari miqdoridan oshib ketsa, pozitsiya yopiladi. Bonus mablagʻlarini boshqa hisobga oʻtkazib boʻlmaydi. Agar bonus mablagʻlar boshqa hisobga oʻtkazilsa, ular bekor qilinadi.
Ochiq savdo bitimida ishlatilgan bonus mablagʻlarining qoldigʻi qanday hisoblanadi?
Libertex hisoblari uchun: savdo bitimi uchun dastlab haqiqiy mablagʻlar, shundan keyingina bonus mablagʻlar ishlatiladi.
MetaTrader 4/5 hisoblari uchun quyidagi qoidalar amal qiladi: Agar savdo bitimi boʻyicha yoʻqotish miqdori savdo hisobida belgilangan Stop Out darajasigacha (50% va undan past) oshsa, savdo bitimi Savdo operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq yopiladi. Agar ochiq pozitsiyalar boʻyicha yoʻqotish miqdori savdo hisobidagi (Balans maydonida) haqiqiy mablagʻlar miqdoriga yetsa yoki undan oshsa, Kredit maydonida koʻrsatilgan bonus mablagʻlari garchi taʼminot sifatida ishlatilgan boʻlsa ham, avtomatik ravishda bonus hisobiga oʻtkaziladi va pozitsiyalar joriy bozor narxlarida majburan yopiladi (Stop Out).
Platformadan pullarimni yechib olsam, bonus mablagʻlarimga nima boʻladi?
Platformadan mablagʻlarni yechib olganingizda bonus mablagʻlaringizning bir qismini yoʻqotasiz. Bu xuddi shu miqdordagi depozit uchun (joriy mijoz maqomingizga qarab) olishingiz mumkin boʻlgan bonus miqdorga teng.
Bonus mablagʻlari berilgan MetaTrader hisobingizdan shaxsiy mablagʻlaringizni yechib olish va ichki oʻtkazmalarni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Agar shaxsiy mablagʻingiz yechib olinsa yoki boshqa hisobga oʻtkazilsa, bonus mablagʻlari bekor qilinadi.
Bonus mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qanday cheklovlar mavjud?
Kompaniya oʻz xohishiga koʻra bonus mablagʻlarining amal qilishini istalgan vaqtda va oldindan ogohlantirmasdan toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi (masalan, Mijoz tomonidan ochilgan savdo bitimlari boʻyicha jami yoʻqotish miqdori uning savdo hisobidagi haqiqiy mablagʻlar miqdoridan oshib ketganda).
Kompaniya bonus mablagʻlarining tugatilishi natijasida Mijoz koʻrishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar uchun javobgar boʻlmaydi. Mijozlarga Stop Out orderi tufayli pozitsiyalar yopilishining oldini olish uchun hisob balansini tekshirish qatʼiy tavsiya etiladi.
Bonus mablagʻlari qancha muddat amal qiladi?
Bonus mablagʻlarining amal qilish muddati cheklangan. Bu ular berilgan dasturga (mukofot dasturi, kompaniyaning individual taklifi va boshqalar) bogʻliq. Bonus mablagʻlarining eng kam amal qilish muddati berilgan sanadan boshlab 20 kunni tashkil etadi. Amal qilish muddati tugagach, bonus mablagʻlari Mijozlarning bonus va savdo hisoblaridan yechib olinadi.
Agar Mijozning hisobi 30 kalendar kun davomida faol boʻlmasa (yaʼni savdo operatsiyalari amalga oshirilmasa va ochiq pozitsiyalar mavjud boʻlmasa), Kompaniya Mijozning hisoblaridagi barcha mavjud bonus mablagʻlarini bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
