Libertexdan yangilik: Telegramda toʻlaqonli savdo qilish uchun yangi ilova

Libertex bevosita Telegram messenjerida to'liq funksiyali savdo ilovasini ishga tushirishini e’lon qildi. Endi treyderlar mashhur ilovani tark etmagan holda Libertex bilan toʻliq ishlay oladi.

Butun dunyo boʻylab millionlab faol foydalanuvchilar bazasiga ega boʻlgan Telegram allaqachon oddiy messenjer doirasidan chiqib, muloqot qilish, hamjamiyatlar yaratish va endi treyding uchun koʻp funksiyali markazga aylandi.

Libertexning Telegramdagi mini ilovasi yangi va mavjud mijozlar uchun uzluksiz va integratsiyalashgan ishlash imkoniyatini taʼminlab, brokerning savdo platformasi funksiyalarini takrorlaydi. Ilova Telegram bot shaklida ishlab chiqilgan boʻlib, treyderlarga Libertexning standart ilovasida boʻlgani kabi toʻgʻridan-toʻgʻri Telegram orqali roʻyxatdan oʻtish, tizimga kirish va oʻz hisoblarini boshqarish imkonini beradi.

Libertexning asosiy funksiyalari endi Telegramda

Mini ilovada treyderlar Libertex xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar, jumladan:

  • Keng koʻlamli vositalardan foydalangan holda real vaqt rejimida savdo va investitsiya qilish
  • Tezkorlik bilan hisobni toʻldirish va yechib olish
  • Portfel va hisobni boshqarish
  • MT4 va MT5 hisoblarini yaratish
  • Demo va real hisoblarga kirish

Endi Libertex mijozlari dunyodagi eng mashhur messenjerlardan birining ichida toʻgʻridan-toʻgʻri savdo qilish imkoniyati ega boʻlishdi. Ularni komissiyasiz haqiqiy aksiyalardan tortib valyutalar boʻyicha CDFlar, indekslar, ETFlar, tovarlar va kriptovalyutalargacha boʻlgan vositalar kutmoqda.

Telegramdagi Libertex mini ilovasining asosiy afzalliklari

Telegramdagi Libertex mini ilovasi juda qulay boʻlib, foydalanuvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramda savdo qilish va hisoblarni boshqarish imkonini beradi. Aloqa va investitsiya bitta ilovada birlashadi, bu esa treyderlarga bir vaqtning oʻzida ham muloqot qilish, ham savdo qilish imkonini beradi. Mini ilovadan foydalanishni boshlash oson va tez: roʻyxatdan oʻting yoki Libertexdagi hisob ma’lumotlaringizdan foydalanib tizimga kiring. Telegram barqaror faol muhit bilan ajralib turadi, bu esa treyderlarga bozorlarni maksimal darajada kuzatish va foydali savdo imkoniyatlari paydo boʻlganda darhol harakat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ilova zamonaviy shifrlash va ma’lumotlarni himoya qilish protokollaridan foydalangan holda Libertex asosiy platformasi bilan bir xil xavfsizlik darajasini, shuningdek, ishonchlilik va xotirjamlikni kafolatlaydi.

Haqiqiy integratsiyalashgan moliya olami sari qadam

Telegramda mini ilovaning ishga tushirilishi Libertex missiyasiga – treydingni istalgan vaqtda, istalgan joyda va hamma uchun ochiq qilish vazifasiga mos keladi. Telegramdagi muloqot funksiyalarini Libertex kompaniyasining real vaqt rejimidagi savdosi bilan birlashtirish orqali kompaniya sarmoya kiritish faqat ozchilik uchun emas, balki koʻpchilik uchun ochiq boʻlishi kerakligiga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.

Ham mobil qurilma, ham kompyuterda Telegramdan foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan ushbu mini ilova bozor ehtiyojlari va mijozlar kutilmalariga tez moslashishning uzoq yillik an’anasini davom ettiradi hamda Libertexning savdo innovatsiyalari toʻplamiga eng soʻnggi qoʻshimcha hisoblanadi.

Bugunoq Telegramda Libertex mini ilovasini sinab koʻring: https://lbx.ai/FXLibertexMiniApp